Nodirbek bugun eng yaqin ta’qibchisi bilan o‘ynaydi, Javohir ham mezbonga qarshi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahridagi "Tata Steel Chess-2023" turniri o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi.

Bir kunlik tanaffusdan so‘ng bugun musobaqa doirasida Nodirbek Abdusattorov eng yaqin ta’qibchisi, niderlandiyalik Anish Giri bilan qora donalarda o‘ynaydi.

Ayni paytda shaxmatchilar 1 va 2-o‘rinni egallab turishibdi. Abdusattorov 7, Giri esa 6,5 ochkoga ega.

"Chellenjer" guruhida esa Javohir Sindorov mezbon Mak Varmerdamga qarshi dona suradi. Ayni paytda Sindorov 6,5 ochko bilan, o‘z guruhida 3-o‘rinni band etgan. Uning bugungi raqibi esa 4,5 ochko bilan 10-o‘ringa joylashgan.

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.