Nogironligi bor shaxslar uchun “To‘siqsiz turizm” dasturi ishlab chiqiladi — Shavkat Mirziyoyev
“Bunda:
➖ har bir viloyatdan yiliga 1 ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlari tashkil qilinadi;
➖ kelgusi ikki yilda 200 ta madaniy meros va 100 ta konsert-tomosha ob’yektlari, aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida zarur infratuzilma yaratiladi.
Bu dasturni amalga oshirish uchun har yili 200 milliard so‘m ajratamiz. Umuman, turizm loyihalariga 2030 yilga qadar 2,5 milliard dollar investitsiyalar yo‘naltiriladi”, – dedi nomzod.