Nogironligi bor shaxslarga beriladigan bepul oziq-ovqat o‘rniga pulini olsa bo‘ladimi?
Tahririyatga Qo‘shrabot tumani yashovchi nogiron fuqaro E.Toshnazarov tomonidan shunday savol keldi:
- Men 2-guruh nogironlik pensiyasi olaman, yaqinda eshitib qoldim, Prezident Farmoni bilan bepul oziq-ovqat mahsulotlari olayotgan nogironlarga shu oziq-ovqat o‘ringa qo‘shimcha pul to‘lab berilar ekan, shu to‘g‘rimi, men oziq-ovqat olmayman.
Mazkur savol bo‘yicha Qo‘shrabot tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i . A.Xoliqov quyidagicha javo berdi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 iyunidagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risi”dagi qaroriga ko‘ra 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va konslagerlarning voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari o‘rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lab borilishi joriy qilindi.
Qarorda quyidagilar qayd etilgan: qo‘shimcha to‘lov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga mas’ul bo‘lgan tashkilotga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi deb ko‘rsatib qo‘yilgan, demak o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan va bepul oziq-ovqat mahsulotlari olib kelganlarga ushbu qaror asosida qo‘shimcha to‘lov to‘lab beriladi.
Agar pensioner yolg‘iz nogiron sifatida hisobga olinmagan va bepul oziq-ovqat mahsulotlari olib kelmagan bo‘lsa, demak bu qo‘shimcha to‘lovlar ular uchun joriy etilmaydi.