Nogironlik nafaqasi adliya xodimlari yordami bilan tayinlandi. Nega?

Samarqand tumani adliya bo‘limiga tumanning Gulobod mahallasida yashovchi N.Shavkatova 2018 yil 4 dekabrda tug‘ilgan farzandiga nogironlik belgilanishida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi. Natijada N.Shavkatovaning farzandi tuman tibbiyot birlashmasi tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, u “Bolalar bosh miya falajligi ikkilangan gemiplegiya formasi. Psixomotor rivojlanishida orqada qolishi” tashxisi bilan dispanser nazoratiga olindi va 2 yil muddatga bolalikdan nogironlik nafaqasi tayinlandi.

N.Ergashev,

Samarqand tumani adliya bo‘limi katta maslahatchisi.

***

Tahririyatdan: Adliya bo‘limi murojaatni o‘rganib, fuqaroga muammosini hal etishga ko‘mak bergani haqidagi ma’lumotni yoritish uchun tayyorlar ekanmiz, qator savollar qarshisida qoldik. Nega fuqaro farzandi nogironligi aniq bo‘la turib, o‘z vaqtida nogironlik nafaqasini to‘g‘irlay olmadi? Bu boshqa soha mutasaddilarining kamchiligi emasmi? Agar kamchiligi bo‘lsa, ularga tegishli chora ko‘rilishi lozim emasmikan?