“Nol – eng kichik son” degan gapga e’tiroz bildirgan 4 yoshli bolakay haqida bilasizmi?

1997 yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Uels hududida Kameron ismli bolakay dunyoga keldi.

4 yoshida manfiy sonlarni unutib qoldirgani uchun o‘qituvchisiga tanbeh berib, uning “Nol – eng kichik son” degan gapiga e’tiroz bildirgan bolakay bugun zamonamizning eng kuchli matematika bilimdonlaridan biri hisoblanadi.

Kameron 11 yoshida Buyuk Britaniyadagi universitetda matematika bo‘yicha ilmiy daraja olib, matematikaga ixtisoslashgan maktabda birato‘la ikkita bitiruv imtihonini topshirishga ulgurgan.

Undagi tug‘ma Asperger (ruhiy rivojlanish bilan bog‘liq buzilishlar) kasalligi to‘liq bilim olishiga biroz xalal bersa-da, Kameron noyob matematik qobiliyati bilan jahonni hayratga solishdan charchamayapti.