Noma’lum virus tufayli Avstraliyada qushlar ommaviy qirilmoqda. Bu qushlar koronavirusimi?
- 04.05.2020 22:45
- 332
- Xorij
Avstraliyada noma’lum virus tufayli loriket oilasiga mansub ko‘plab to‘tiqushlar o‘pka faoliyatining ishdan chiqishi va falajlik oqibatida nobud bo‘lmoqda. Bu haqda “Planeta novosti” (Yangiliklar say’yorasi) portali xabar berdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p sonli to‘tilar bir joyga yig‘ilganlarida yangi kasallik ularni zabt etmoqda. Qushlar tezda falaj bo‘lib, nafas ololmasdan, yerga qulamoqda va havo yetishmasligi yoki yirtqichlar hujumi tufayli nobud bo‘lmoqda. Mahalliy aholi to‘tilar bilan muloqotga kirishmaslikka chaqirildi.
Professor Derril Jons, mazkur kasallikda koronavirusga o‘xshash hususiyatlar borligini ta’kidladi. Olimlar yangi virus haqida ko‘p ma’lumotga ega emas. Ayrim mutaxassislar kasallik iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlarni bildirishmoqda.