Nonushta qilishning 5 foydasi
Miya uchun
Ertalabki ovqatlanish miya uchun diqqatni jamlash va ma’lumotni eslab qolish uchun zarurdir.
Immunitet uchun
Ilmiy tadqiqotlar nonushta qilishga odatlangan odam ertalab nonushta qilmagan odamlarga qaraganda kamroq stressga uchrashi va immuniteti kuchliroq bo‘lishini isbotlagan.
Xavfsizlik uchun
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, muntazam ravishda nonushta qiladigan odamlar kamroq avtohalokatga uchraydi.
Samaradorlik uchun
Ishda ko‘pgina reja belgilab qo‘ygan bo‘lsangiz, yaxshilab nonushta qiling. Shunda o‘zingiz uchun ish faoliyatini 30 foizga oshiradigan energiya zaxirasini yaratgan bo‘lasiz.
Tana faollashadi
Ertalab qo‘shimcha kaloriya iste’mol qilsam, semirib ketaman deb o‘ylamang. Aksincha - qancha erta nonushta qilsangiz, tanangiz shunchalik erta uyg‘onadi va ishlay boshlaydi. Ertalabki kaloriyalar yog‘ga aylanmasdan, kun davomida izsiz sarflanadi.