Noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelgan ayollar aniqlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanida K.A, R.X. va R.L. ismli ayollar maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib, diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz ayol va qizlarga diniy ta’limdan saboq berib kelgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) ga muvofiq sud tomonidan ularning har biriga BHMning 5 baravari (1 million 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish qonunchiligimizda taqiqlanadi. Agarda shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng yana shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullansa, Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga asosan (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.