Noqonuniy qurilish bizning mahallaga ham yetib keldi

Samarqand shahridagi Ulug‘bek mahallasidan tahririyatga murojaat kelib tushdi. Aytilishicha, hududda yashovchilardan biri qurilish ishlarini qilayotib "xalqning haqi" bo‘lgan ko‘chaga chiqib ketmoqda.

"Ulug‘bek mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasidagi hovli egalari ko‘chaga chiqib noqonuniy qurilish qilmokda. Bu esa shu ko‘chada yashovchi aholiga transportda harakatlanish uchun muammo keltirmoqda. Taniqli rassom nomi berilgan ko‘chamizga ayni ShXT sammiti oldidan rassomu haykaltaroshlar kelmoqda. Vaziyat esa bizni uyatga solmoqda", deyiladi murojaatda.

Tahririyatdan: noqonuniy qurilishning katta kichigi yo‘q, modomiki shu ko‘chada yashovchilar holatdan norozi ekan, fikrimizcha, qurilish sohasi mutasaddilari holatni o‘rganib, kim haq kim nohaq ekaniga oydinlik kiritib, o‘z so‘zini aytishi lozim.