Noyabrda iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 2,3 foizga ko‘tarildi

Noyabr oyida mamlakatimizning iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 2,3 foizga ko‘tarildi.

Umumiy hisobda 11 oy davomida iste’mol sektorida inflyasiya darajasi 12,0 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: 2017 yilning noyabr oyida respublika iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasi 2,0 foizni tashkil etgan. Oy davomida umumiy narxlar darajasining o‘sishiga oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 3,4 foiz va xizmatlar 0,5 foizga ta’sir etgan.

Oylik iste’mol narxlari o‘zgarishi tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotga inflyasion bosimlarning oshishi joriy yilning sentyabr oyidan e’tiboran kuzatila boshlangan. Sentyabrda o‘rtacha oylik iste’mol narxlari 1,8 foiz, oktyabrda 1,3 foiz va noyabr oyida 2,3 foiz, so‘nggi uch oylikda esa narxlar o‘rtacha ko‘tarilishi 5,4 foizni tashkil etgan.

Manba: xs.uz