Nuriddin Zaynitdinov: Daraxtxo‘rlar, mebelchilar va amaldorlar niyatingizga yetdingiz!
Xalq deputatlari Uchtepa tumani kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o‘rinbosari Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida Toshkent dunyo bo‘yicha havosi ifloslangan shaharlar ro‘yxatiga tushganini ma’lum qildi.

"Toshkent shahri havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha dunyodagi eng yomon shaharlardan biriga aylanadi.
Toshkentga chinorlaru daraxtlarning nima keragi bor?!
Bemalol kesib tashlayveringlar!
Daraxtxo‘r manqurtlardan Davlat ekologiya qo‘mitasiga salom!
Daraxtxo‘rlar, mebelchilar va amaldorlar mo‘ljallagan rejangizga erishdingiz!
Shu ketishda nafas olish uchun havo ham qolmaydi.
Toshkentni cho‘llashtirishda davom eting!", deb yozgan deputat.