Nurmat Otabekov: Havo tomchisi infeksiyalari avj oladigan mavsum boshlanmoqda
AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:
- Mikst-infeksiya nima, tushuntirib bersangiz?
- Mikst-infeksiya bir paytning o‘zida ikkita infeksiya, masalan, koronavirus+gripp, koronavirus+qizamiq, koronavirus+paragripp, koronavirus+ o‘tkir respirator kasalliklarining birga uchrashi.
Hozirda havo tomchisi infeksiyalari avj oladigan mavsum boshlanmoqda. Tabiiyki, mikst-infeksiya holatlari kuzatilishi ehtimoli yuzaga keladi.