Nurobodda 375 mln. so‘mlik kredit qarzdorlik undirildi

Majburiy ijro byurosi Nurobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudining 2022 yil 5 yanvardagi qaroriga asosan qarzdor - “Zarafshon naslchilik chorva servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi - Xalq banki Nurobod filiali foydasiga 375 mln. 813 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun 15 kunlik muddat berilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida “Zarafshon naslchilik chorva servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan Xalq banki AT Nurobod filiali foydasiga 375 mln. 813 ming so‘m undirildi.