Nuroboddagi sayyor qabulda 28 kishi viloyat sudi raisi o‘rinbosariga murojaat qildi

Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari Zafar Allabayev Nurobod tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.
Dastlab, yig‘ilganlar bilan uchrashuvda qonunchilikdagi yangiliklar, kiritilgan oxirgi o‘zgarishlar, qarz va kredit shartnomalari tushunchasi, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari va sud muhokamasi oshkoraligi mavzularida tushuntirish berdi. Ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.
Sayyor qabul davomida esa 28 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. 7 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berildi, 12 nafar fuqaroga tushuntirishlar berildi va 9 nafar fuqaroning ariza va shikoyatlari ijobiy hal qilinib, qanoatlantirildi.
Jumladan, Jom MFYda yashovchi Botirboy Nishonov, Ittifoq MFYda yashovchi G‘ulom Qalqonov va Oltinsoy MFYda yashovchi Zokir Nishonov zararli mexnat sharoitida ishlaganlik faktini belgilash haqida ariza murojaat qildi. Shu yerda tashkil etilgan sayyor sudda bu murojaatlar ko‘rib chiqildi, hujjatlar o‘rganildi va ijobiy hal etildi.
Arabota MFYda yashovchi Mahbuba Normatovaning ishga tiklash haqidagi arizasi, Azimjon Qobilovning Nargiza Norbobeva nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi, Da’vogar Veranika Lazarenko javobgar Leonid Sanjakovga nisbatan otalikni belgilash va aliment undirish haqidagi da’vo arizalari qabul qilindi va fuqarolik ishi qo‘zg‘atildi.