Nurobodlik Durdona Isarova “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari safida

12-13 fevral kunlari Navoiy shahrida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Nurobod tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Durdona Isarova eng ko‘p g‘azal yod olish, uni bexato va ifodali o‘qish, g‘azal matnidagi tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlab berish kabi shartlar bo‘yicha o‘z iqtidorini namoyon qildi.
Tanlov yakunida Durdona uchinchi o‘ringa munosib topildi.

O‘zMTDP Samarqand viloyat Kengashi matbuot xizmati.