Nuroniylar mamnun
Xususan, respublikamiz Prezidentining ichki turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori va ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimi qarori asosida faxriylarning mamlakatimiz va viloyatimiz bo‘ylab sayohatlarini uyushtirish tadbirlari ishlab chiqildi. Unga asosan yaqinda 25 nafar nuroniy Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘i Taxta qoracha dovoni, Omonqo‘ton, Samarqand tumanining tog‘li Ohalik va Mironqul qishloqlariga sayohat qilib qaytdilar. So‘lim tabiatning musaffo havosi, betakror go‘zal manzaralari, ekologik toza chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari faxriylarga manzur bo‘ldi. 30 nafar nuroniydan iborat ikkinchi guruh Nurobodning qayta chiroy ochayotgan Jom qishlog‘ida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Aholi bilan muloqotda bo‘lib, ezgu ishlarida ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Sayohatlardan katta taassurotlar bilan qaytgan nuroniylar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizga minnatdorchilik izhor etdilar.
Siddiq UMAROV.