Nuroniylar uchun ham sport-sog‘lomlashtirish jihozlari olib kelindi
Samarqand shahridagi Maroqand mahallasining Do‘stlik guzariga 38 million so‘mlik sport sog‘lomlashtirish texnikasi hamda stol tennisi anjomlari joylashtirildi.
- Viloyatimizdagi NNTlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda pensionerlar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan 50 million so‘m grant yutib olingan edi, - deydi uyushma raisi Hoshim Vafoyev. - Loyihamiz g‘oyasidan kelib chiqib, keksa avlod vakillari o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilib kelmoqdamiz. Ushbu mahalla guzariga o‘rnatilgan sport anjomlaridan qo‘shni mahalla nuroniylari ham bemalol foydalanishi, shu yo‘l bilan o‘z salomatligini tiklab, yoshlarga o‘rnak ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Tadbir bayram shodiyonasiga ulashib ketdi. Uch avlod vakillari uchrashgan tadbirda kechagi kun xotiralari, bugunning imkoniyatlari tilga olindi.