O‘qituvchi Latofat Qarshiyeva: “Bu amaliyot bizda ham keng qo‘llanilsa…”

Xorij ta’lim tizimida ham boshlang‘ich sinflarda besh kunlik ta’lim tizimi joriy qilingan. Jumladan, Fransiyada bolalar haftaning ikki kuni dam oladi. Yaponiyada maktab o‘quvchilari 10 yoshgacha – 4-sinfga qadar imtihon topshirmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar bilan cheklanadi, xolos. Asosiy e’tibor tarbiyaga qaratiladi – bolalar odamlarni va jonivorlarni hurmat qilishga, bag‘rikenglikka, rahmdillikka, o‘zini nazorat qilishga va tabiatni asrashga o‘rgatiladi.
Bu amaliyot bizda ham keng qo‘llanilsa, o‘z samarasini beradi. Shanba kunlari o‘quvchilar oila muhitida ko‘proq bo‘ladi, bu ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar bolalarini muzey, teatrga olib boradi, tarixiy obidalarga sayohat qildiradi.
Latofat QARShIYeVA,
Samarqand shahridagi
37-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.