O‘rmon xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro A.N. Oqdaryo tumanidagi o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini fuqaro R.T.ga 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.