O‘zbek yozuvchilari Xeminguey an’anasini davom ettirdi

Bu "Mitti hikoyalar: kecha va bugun" deb nomlangan kitobdan o‘rin olgan Abduqayum Yo‘ldoshevning "Muhabbat" nomli hikoyasi.

Yaqinda Toshkentdagi "Yangi kitob" nashriyotida nashrdan chiqqan bu to‘plamda saksondan ortiq zabardast va endi adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan yosh ijodkorlarning qisqa hikoyalari jamlangan. Kitobda Nusrat Rahmat, Xurshid Nurullayev kabi Samarqandda hamda Azim Suyun, Anvar Namozov singari poytaxtga borib,  ijod qilayotgan samarqandlik adiblar asarlari bor.

Boboxon PO‘LATOV.