OAV: “Kim Chen In vakolatlarining bir qismini singlisiga topshirdi”

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini yordamchilariga topshirdi, shu jumladan singlisi Yo Chjonga ham. Bu haqda Yonhap gazetasi, Janubiy Koreya milliy razvedkasi taqdim etgan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
“KXDR rahbari Kim Chen In ilgarigidek o‘zining mutloq hokimiyatini saqlab qolmoqda, biroq hokimiyat asta-sekinlik bilan topshirilmoqda”, - deb yozdi Yonhap.
Ma’lum qilinishicha, Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon davlatning umumiy ishlariga rahbarlik qilmoqda. U “KXDRning ikkinchi raqamli rahbari” sifatida ko‘rilmoqda, biroq Kim Chen In o‘zining o‘rinbosarini hali rasman e’lon qilmagan. Agentlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Yo Chjon hokimiyatni katta qismini qabul qilib olgan.
Shu bilan birga, iqtisodiy sohadagi vakolatning bir qismi vazirlar mahkamasi raisi Kim Dok Xun va Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Pak Bon Dyularga topshirilgan.