Obodonlashtirish qoidalarini buzgan fuqaroga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi
- 01.11.2019 16:09
- 392
- Samarqand
Bugun, 1 noyabr kuni erta tongda Samarqand shahrining Qo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi fuqaro A.N o‘zining 30 S 368 KA davlat raqamli “Damas” avtomashinasida Vohid Abdullayev ko‘chasining “Afrosiyob” tarixiy hududiga chiqindi olib kelib tashlayotganda ushlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi ma’sul xodimlari tomonidan profilaktika inspektorlariga xabar berilgan.
Inspektorlar o‘tkazgan tekshiruvlar natijasida tabiatni ifloslantirayotgan A.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzganlik”) bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanildi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa