Samarqand shahridagi kanal atrofini obodonlashtirish ishlarida xonadon sohiblari ham faol qatnashmoqda

Samarqand shahar hududidan oqib o‘tuvchi kanallar atrofida joylashgan noqonuniy ob’yektlarni buzish bo‘yicha tuzilgan guruh a’zolari - shahar hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i B.Nasriyev, shahar adliya bo‘limi boshlig‘i N.Komilov, viloyat "Toza hudud" DUK boshlig‘i Z.Yusupov va boshqalar "Obi Mashhad" kanalining ustida va yaqinida noqonuniy qurilgan qurilmalarning fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda buzish ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqda.

Jumladan, Ibn Sino MFY hududidagi Zehniy ko‘chasi, 48-uy egasi Musin Ulug‘ov ongli ravishda faollik ko‘rsatib, kanalni qazish va atrofini obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdi. Ushbu tashabbusga shu hududga qarashli Minsk ko‘chasi 1 va 1 "a" uylari egalari ham qo‘shildi. Kanal atrofini tozalash ishlari davom etmoqda.

Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi axborot xizmati.