Samarqandda obodonlashtirish ishlariga har oy qariyb milliard so‘m ajratiladi. Biroq...

Viloyat hokimligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining bir oylik ish haqi va moddiy rag‘batlantirish uchun byudjetdan 950 million so‘m mablag‘ ajratiladi.

Boshqarma ishchilarining bir oylik ish haqi o‘rtacha 1 million 157 ming so‘mni tashkil etadi.

Ayni paytda boshqarma balansida 109 ta (shundan 44 ta yangi texnikalar, 42 ta yuk avtomashinasi hamda 23 ta ta’mirtalab, nosoz) texnikalar mavjud.

Bundan tashqari, joriy yil 1 oktyabr holatiga boshqarmaning tashkilot va korxonalardan jami 988 million so‘m kreditor qarzdorligi bor. Xususan, gul va daraxt ko‘chatlari uchun 812 million so‘m, bo‘yoq mahsulotlari, urnalar xaridi, maysa hamda daraxtlarni dorilash uchun 176 million so‘m qarz yuzaga kelgan.