Samarqand viloyatini obodonlashtirish uchun 50 million AQSh dollari ajratildi

Bugungi kunda viloyatda 1665 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Ularga 157 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, viloyatda "Yagona hisob-kitob markazi", "Ta’mirlash-tiklash va xizmat ko‘rsatish" DUKlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular ham ko‘p qavatli uy-joylarga barqaror xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Viloyat "Ta’mirlash-tiklash va xizmat ko‘rsatish" korxonasi tomonidan o‘tgan yili 35 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar asosida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan "Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi"ga ajratilgan 50 million AQSh dollari hisobidan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.