O‘lma qulim, shu qishdan chiqib olsak bo‘lgani...

Xalqimizda “O‘lma qulim, shu qishdan chiqib olsak bo‘ldi, buyog‘i...”, degan gap yuradi. Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi saytimizda shahar yo‘llaridagi muzlamalar haqida bergan tanqidiy axborotimizga o‘zlarining telegram kanalida quyidagicha munosabat bildiribdi (munosabatni o‘zimiz “sug‘urib” oldik):

“Sizga shuni ma’lum qilamizki, Abdurahmon Jomiy ko‘chasidagi holat tasvirga olingan vaqtda boshqarma tomonidan yo‘llardagi muzlamalarni bartaraf ishlari davom etayotgan bo‘lgan.

Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qishki mavsumda yo‘llarni qordan tozalash va yo‘llardagi muzlamalarni bartaraf etish maqsadida kerakli bo‘lgan qum va tuz zahirasi jamlangan va mahsus 12 dona texnika, 20 nafar ishchi hodimlardan iborat navbatchi guruh tuzilgan.

Shahar yo‘llaridagi muzlamalarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmay qolib ketgan ko‘chalar bo‘lsa, ushbu telefon raqamlarga murojaat etishlari mumkin.

+ 998 98 573 15 55 + 998 98 573 25 20

Har bir murojaat nazoratga olinadi”.

Afsuski, shaharning aksariyat markaziy ko‘chalarida kunning ikkinchi yarmiga kelib muzlamalar eridi. Kechikmagan bo‘lsak bo‘ldi...