Odam-amfibiyalar oroli
O‘lik tillar bo‘yicha mutaxassis, taniqli yozuvchi Vladimir Degtyarev Krit orolida hozirgacha odam–amfibiyalarining (ham quruqlikda, ham suvda yashaydigan odamlar) suvosti shahri qoldiqlari borligini ta’kidlaydi.
Hozirgi fan nuqtai nazaridan odam–amfibiyalar mavjudmi, yo‘qmi, degan savolga qatiy “ha” yoki “yo‘q” deb javob berish qiyin. Turgan gap, dunyo ilmiy laboratoriyalarida bunday mavjudot yo‘q. Biroq ayrim mamlakatlar harbiy mutaxassislarining XIX asrda odamlargajabralar ko‘chirib o‘tqazishga urinishlari bo‘lgan, ammo mijozlar uzoq yashamagan. Shunga qaramasdan, ilmiy ommabop adabiyotlarda baliqchilartomonidan tutilgan odam-amfibiya tafsilotlarini o‘qish mumkin. Ularni qo‘lga o‘rgatishga urinishlar bo‘lgan, biroq tutqunlikda ko‘p yashamagan yoki dengizga qochib ketgan. Ammo bir vaqtlar evolyusiya tongida odam dengizdan chiqqani, yarim odam, yarim baliq ko‘rinishda bo‘lganini inkor qilib bo‘lmaydi.
Shunday mavjudot tutilgani haqida eng shov-shuvli voqea XVII asrda Ispaniyada sodir bo‘lgan. Keyinchalik u Aleksandr Belyayevning “Odam amfibiya” romaniga asos bo‘ladi. Liyerganes shahri sohilida Fransisko ismli bola yashagan. Voyaga yetgach, u qadrdon yurtini tark etib, duradgor bo‘lishga bel bog‘laydi. Biroq daryoda cho‘milish paytida baxtsiz hodisa ro‘y beradi, yosh yigit cho‘kib ketadi. Uning jasadi topilmaydi va oqim dengizga olib ketgan, deb qo‘yaqolishadi.
Bu voqea shu bilan unutilib ketishi mumkin edi. Lekin oradan besh yil o‘tib, Fransisko cho‘kib ketgan Kadisa bug‘ozida baliqchilar kutilmaganda to‘rga ilingan baliqlar g‘oyib bo‘layotganini sezib qolishadi. Ko‘p o‘tmay baliqchilardan biri o‘g‘ri odamsimon mavjudot ekani va suv ostida chaqqon, katta tezlikda suzishini ko‘rib qoladi. To‘rlari yirtilib, o‘ljalari yo‘qolganidan g‘azablangan baliqchilar o‘g‘rini “dengiz shaytoni” deb atashib, uni tutishga qaror qilishadi. Qirg‘oqda to‘r yaqiniga “o‘g‘ri”ni jalb qilish uchun non va go‘sht qo‘yishadi. Birinchi urinish zoye ketadi, lekin keyin mavjudot ovchilar qo‘liga tushadi. Qarshilarida notabiiy, shaffof terili, bo‘yi baland erkakni ko‘rgan baliqchilar eslari og‘ib, dong qotib qolishadi.
Odam-amfibiya shu zahoti monastirga jo‘natiladi. Uning ustidan jinlarni quvish marosimi o‘tkaziladi. Foydasi bo‘lmaydi! Sirli mavjudotni gapirishga majbur qilish ham behuda ketadi. Monastrda yurgan chog‘ida u faqat bir marta “Liyerganes” degan so‘zni aytadi, xolos. Monaxlarning shu so‘ziga asoslanib odam-amfibiyani besh yil avval cho‘kib ketgan Fransisko ekanligini uning onasi taniydi...
Endi boshida yozuvchi V.Degtyarev aytgan odam-amfibiyalarning Krit orolidagi suv osti shahriga kelsak. Ha, shunday manzil bo‘lgan. Orol davlatini Mikenlar boshqargan. Qadim zamonda podsho Minosning saroyi yerostida mashhur labirint bo‘lgan, unda yarimbuqa - yarimodam Minotavr qamab qo‘yilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, podsho rafiqasi Minotavrni dunyoga keltirganidan g‘azablangan hukmdoruni labirintga qamab tashlagan...
Odam-amfibiyalar yashagan Krit orolidagi suvosti saltanati Santorin vulqoni otilishidan vayron bo‘lgan. Orolda suv ostida saltanat saroyining ko‘plab qoldiqlarini uchratish mumkin.
T.Shomurodov tayyorladi.