Odam savdosi bilan shug‘ullangan qidiruvdagi ayol qo‘lga olindi
- 23.07.2020 10:20
- 439
- Jinoyat va jazo
Odam savdosida gumonlanuvchi ayol Toshkent viloyati hududida qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan 2014 yilda qidiruvga e’lon qilingan 24 yoshli Diana K. 21 iyul kuni Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan Toshkent viloyati hududida qo‘lga olindi.
Hozirda sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi, deyiladi xabarda.
Teglar:
Odam savdosi