Odamlar ongini zaharli g‘oyalardan saqlash zarur
Samarqand shahridagi yoshlar markazida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar boshqarmalari hamda O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi va "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati viloyat filiali mas’ullari ishtirok etdilar.
- Hozirgi vaqtda dunyoning turli joylarida terrorchilik va ekstremistik harakatlar avj olganligi tinch aholiga moddiy va ma’naviy zarar yetkazmoqda, - deydi viloyat IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi D.Tirkashev. - Buning oldini olish uchun barcha birdek kurashishi lozim. Avvalo, odamlar ongini turli zaharli g‘oyalardan saqlash va beparvoliklarga chek qo‘yishimiz kerak.
Tadbir yakunida mavzuga oid hujjatli film namoyish etildi.
"Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat taraqqiyotiga tahdid"
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.
Viloyat huquq-tartibot idoralari va arxiv ishi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar diniy fundamentalizmning kelib chiqishi, uning g‘oyasi va maqsadlari haqida gapirdi.
Shuningdek, tadbirda diniy ekstremizmning ko‘rinishlari hamda jahon hamjamiyatiga tahdidi, xalqaro terrorizm va uning oqibatlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
B.PO‘LATOV.