Odamlar yashaydigan g‘ayrioddiy binolar
Tosh uy. Fafe, Portugaliya
“Casa do Penedo” Flintstounlar tosh uyiPortugaliya shimolidagi Fafe shahrida joylashgan. Portugaliyaning Gimaraysh shahridan muhandis jalb qilingan uyning qurilishi 1974 yilda boshlanib, 2 yil davom etgan. Uy to‘rtta katta bo‘lak toshdan qurilgan bo‘lib, bu palaxsalar uni hududdagi kuchli shamollardan himoya qiladi. Toshlar shuningdek, poydevor, devor va shiftrolini o‘ynaydi.
“Hobbitlar” yer osti uyi - Buyuk Britaniya, Uels
Eko-hobbit uyini Uelslik fotograf Saymon Deyl ikkilamchi materiallardan o‘zi va oilasi uchun to‘rt oyda qurib bitqazgan. O‘rasimon uy qisman tepalikka ko‘milgan, elektr energiyasi quyosh panellaridan olinadi. Binoning poydevoritoshlar bilan mustahkamlangan, devorlar yog‘och, loy va toshdan yasalgan, qobiq vazifasini qalin shoxlar bajaradi. Tomda issiqlikni saqlab turadigan maysazorli tuproq qatlami mavjud.
Uyning ichida zal, oshxona, bolalar xonasi, ota-onalar uchun yotoqxona va yopiq ayvon bor. Tabiiy yorug‘lik derazalar va shiftdagi lyuk orqali kiradi.
«Pufak uy» - Leon, Fransiya
Arxitektor Antti Lovaga o‘zining g‘ayrioddiy“pufakli uy” loyihalari bilan mashhur. Ulardanbiri Fransiyada, Leondan uncha uzoq bo‘lmaganjoyda qurilgan bo‘lib, mamlakatning tarixiyyodgorliklaridan biri hisoblanadi. Dunyoda birnechta shunga o‘xshash uylar mavjud, ulardan biridamashhur modelyer Pyer Kardyen yashagan.
Uyning ichida bitta ham to‘g‘ri devor yo‘q, barchaxonalar illyuminator oynalar bilan jihozlangan.
Xang Nga - Dalat, Vetnam
Juda qiziq, ajoyib usullar bilan ijro etilgan ekssentrik ko‘rinishi tufayli sayyohlar unga“telbanamo uy” laqabini berdi. Buyuk rassomlar Antoni Gaudi va Salvador Dalining asarlaridan ilhomlangan me’mor Dang Vyet Nga uy-mehmonxonani ajoyib ulkan daraxt shaklida qurgan. “Aqldan ozgan” xususiyatlardan xoli bo‘lmagan binoning ichki qismi tashqi tuzilishibilan mukammal uyg‘unlashgan: unda hayvonlar va o‘simliklarga bag‘ishlangan xonalar, tunnelyo‘laklar, kenguru yoki burgut tuxumi shaklidagi kaminlar bor.
Yupqa bino
Londonda joylashgan “Slim House” nomi bilan ham tanilgan noodatiy turar-joy binosi o‘zining ponashakli, aniqrog‘i, bino enining bir tomonining o‘ta torligi tufayli butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Bir qarashda, binoning nihoyatda tor tuzilishi shunchaki optik illyuziyadir. Uyning g‘ayrioddiy dizayni tufayli kvartiralar trapetsiya shakliga ega. Tor xonalar uchun nostandart mebellarni tanlash kerak bo‘ladi, xolos. Qanday bo‘lmasin, bir qator kamchiliklarga qaramay, yangi uy-joy olishni istaganlar orasida “yupqa” bino kvartiralariningtalabgorlari ko‘p.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.