Odamlar yo‘lovchi sifatida qachon samolyotlarda ucha boshlagan?

102 yil oldin Germaniyada dunyodagi birinchi yo‘lovchi aviakompaniyasi ishga tushirilgan.

Yo‘lovchi havo transporti bozori Birinchi jahon urushi tugagandan so‘ng rivojlana boshladi. Dastlab vaqtni boy bermasdan saqlanib qolingan harbiy samolyotlardan foydalanishga qaror qilindi. Kimdir xizmatdan keyin uyiga qaytar, boshqalari esa yaxshiroq hayot izlab boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tardi.

Yo‘lovchi aviakompaniyalarini ishga tushirish g‘oyasidan oldin odamlar butun dunyo bo‘ylab poyezdlar va kemalarda sayohat qilishgan. Zamonaviy odam bu juda uzoq vaqtni talab qilgan bo‘lardi, deb o‘ylaydi, biroq bunday laynerlardagi xizmatlarni xisobga olsak, bu sayohatlar to‘liq huquqli ta’tilga aylanishga ulgurganini tasvirlash qiyin bo‘lmasa kerak. 5-tv.ru. sayti hozirda hammabop sanalmish birinchi yo‘lovchi avialiniyalar qanday paydo bo‘lgani haqida hikoya qiladi.

Birinchi yo‘lovchi avialiniyalarining paydo bo‘lishi

Bortida yo‘lovchi bilan birinchi tijorat parvozi 1914 yilda AQShning Florida shtatida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, muntazam yo‘lovchi havo transportining kashshofi Germaniya hisoblanadi.

Примерно так выглядел AER J, выполнивший рейс из Берлина в Веймар. На фото гидросамолеты Северного флота во время Великой Отечественной войны

Birinchi parvoz Berlindan Veymarga 1919 yilning 5 fevralida amalga oshirilgan. Bu parvozlar zamonaviy odamlar o‘rganib qolganlariga umuman o‘xshamas edi. Sobiq harbiy hujumchi AEG J samolyoti kabinasi ochiq bo‘lib, yo‘lovchilar kabinaga chiqishdan oldin uchish kostyumlari, dubulg‘a, ko‘zoynak va mo‘ynali etik kiyib olishlari kerak bo‘lardi. Laynerlar 4,5 ming metr balanlikda uchgan, hozirda esa bu o‘n mingdan oshadi.

Boshqa Yevropa davlatlari ham Germaniyadan qolishmadi. 1919 yilda Parijdan Bryusselga uchadigan Lignes Aeriennes Farman birinchi xalqaro kompaniyasi paydo bo‘ldi.

1920 yillarning boshlariga kelib aholi o‘rtasida hosil bo‘lgan Yevropa yo‘lovchi liniyalarining butun tarmog‘iga talab ortib bordi. Yo‘lovchilar manzillariga yetib borishi uchun kemalarda bir necha hafta sarflashi kerak bo‘lardi, samolyotda esa tungi to‘xtashlar bilan birga bir necha kunda yetib olishardi. Masalan, bortida hatto bar va yetti xil kechki ovqat tashkil qilingan laynerda Londondan Hindistongacha olti kun, Avstraliyagacha esa o‘n kun ketardi. Bu uzoq masofalar uchun parvozlar chipta narxi 21 ming zamonaviy dollardan oshmasdi.

Samolyotlar okean bo‘ylab qachon ucha boshladi?

1913 yilda Daily Mail gazetasi o‘z o‘quvchilarini hayratda qoldirib Atlantika okeanini 72 soatda samolyotda kesib o‘tgan kishiga o‘n ming funt sterling mukofot berilishi to‘g‘risidagi tanlovni e’lon qildi. Ko‘ngillilar topilmadi va Birinchi jahon urushi boshlanganidan bir yil o‘tgach, tanlov to‘xtatildi. Tinmas jurnalistlar 1918 yilda tanlovni qaytadan tiklash fikriga qaytdi. Ikki tajribali uchuvchi Djon Alkok va Artur Braun ko‘ngilli bo‘lishga talabgor bo‘lib ushbu xavfli sayohatga chiqdi. 1919 yilning 14 iyunida uchuvchilar Kanadaning Sent-Jon shahridan Irlandiyaning Klifdeniga yo‘l olishdi. Parvoz 16 soat 28 daqiqa davom etdi. Shu tariqa ikki jasur uchuvchi yo‘lovchilarning transatlantik parvozlari shakllanishiga asos soldi.

Летчик Черльз Линдберг

Yo‘lovchi aviatsiyasining gullagan davri 50-60 yillarga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrlardagi samolyotlarning qiyofasi va xizmat ko‘rsatishi haqida afsonalar yuradi. Yo‘lovchilarga beriladigan taomlar faqat chinni idishlarda berilgan. Kursilarning kengligi 45 santimetrni tashkil qilib, ular osongina karavotga aylanishi mumkin edi. Endilikda bu dabdaba faqat yetakchi aviakompaniyalarning birinchi sinfida mavjud.

Birinchi arzon aviakompaniya va hammabop havo sayohati

1970-yillarda aviakompaniyalar egalari o‘z avialiniyalari nafaqat boylar, balki hamma uchun ochiq bo‘lishi kerakligini oddiy matematika orqali, ya’ni yo‘lovchi qancha ko‘p bo‘lsa, chiptalar arzon, shunga yarasha ko‘p mijoz to‘plab,  pul ishlab olish mumkinligini tushunib yetishdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.