Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunladi

 O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori, namanganlik taniqli charm to‘p ustasi Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Bu haqida hamyurtimizning faoliyatiga bag‘ishlangan "Odil Ahmedov: Orzuning shonli yo‘li" kitobi taqdimotida xabar berildi.

Odil Ahmedov nafaqat O‘zbekistonning, balki Osiyoning eng yorqin futbolchilaridan biriga aylandi. Uning siyratida vatanparvarlik, ishonch, fidoyilik, jonkuyarlik timsollari ko‘z oldimizga keladi.

"Paxtakor", "Anji", "Krasnodar", "Shanxay Spig" kabi klublarda ajoyib o‘ynagan Odil 2007 yilda milliy terma jamoamiz safida jami 108 uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol urdi. 4 ta jahon chempionati saralashi va 3 bor Osiyo kubogida qatnashdi.

Hamyurtimizning xizmatlari inobatga olinib, Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.