Odobnoma: Burgut bolasi
- 27.03.2019 07:45
- 318
- Mutolaa
Bir kuni odam burgut tuxumini topdi va uni tovuq tagiga qo‘ydi.
Burgutcha jo‘jalar bilan birga o‘sdi va ularga o‘xshab qoldi; u qaqag‘lardi, ularday yerni titkalab chuvalchanglar qidirardi, qanotlarini qoqar va uchishga urinardi.
Yillar o‘tdi. Bir kuni ulg‘aygan burgut osmonda mag‘rur parvoz qilayotgan qushni ko‘rdi. Ajoyib, xushqad, kuchli shamollarni ahyon-ahyonda katta qanotlarini birgina qoqib yengardi. Qoyil qolgan xonaki burgut so‘radi:
-Bu qanday qush?
-Burgut, barcha qushlarning qiroli, - javob berdi tovuqlardan biri. – U osmonga mansub. Biz tovuqlar esa yerga mansubmiz.
Burgut indamadi. U tovuqday yashadi va vafot etdi, chunki u o‘zining tovuqdan kelib chiqqaniga ishonardi.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.
Teglar:
Odobnoma
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sayyor qabulda 332 ta murojaat bo‘ldi
- 3 soat avval
- Samarqand