Odobnoma: Dor

Bir kishi jinoyat qildi. Uni tutishdi va qirol sudiga olib kelishdi. Uning qilmishi o‘lim jazosiga teng edi, lekin qirol unga o‘z taqdirini o‘zi hal qilishni taklif qildi: dor yoki katta qo‘rqinchli po‘lat eshik orqasiga bormoq. Jinoyatchi dorni tanladi.

Bo‘yniga arqonni solganlarida to‘satdan so‘radi:

-U yerda, eshik orqasida nima bor?

Qirol kulimsiradi:

-Qiziq, men hamma gunohkorga shu tanlovni taklif qilaman va hamma dorni tanlaydi.

-Ayting, eshik orqasida nima bor? Men baribir hech kimga aytolmayman, - o‘tindi jinoyatchi ilmoqqa ishora qilib.

Qirol biroz jim turgach, javob berdi:

-U yerda ozodlik. Lekin odamlar noaniqlikdan shunchalik qo‘rqishadiki, undan dorni afzal ko‘rishadi.

“Hikmatlar javohiri” kitobidan.