Odobnoma: Kutilmagan mehmon
Ustoz shogirdlaridan biri kimningdir muhabbatiga erishmoqchi bo‘lganini bilibdi.
-Sevgini talab qilma, unga bunday usulda erisholmaysan, - dedi Ustoz.
-Nega?
-Aytchi, uyingga taklif etilmagan mehmonlar bostirib kelsa, baqirib eshikni ochishni talab qilishsa, rosa bezor qilishsa, sen nima qilasan?
-Men eshikni kuchliroq yopaman.
-Sen ham o‘zga yuraklar eshigiga bostirib kirma, unda ular ham sening oldingda yana-da kuchliroq yopiladi. Kutilgan mehmon bo‘lgin, qarshingda har qanday qalb ochiladi. O‘zingda sevgini top, shunda hech qanday qulf bardosh berolmaydi. Guldan o‘rnak ol, u asalarilar orqasidan quvlamaydi, ularni o‘ziga jalb qiladi. Sening sevging oshig‘ingni “uchirib keltiradigan” gulshira bo‘lsin.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.