Ot poygasida o‘lik holda g‘alaba qozongan odam
Sport olami ba’zan yoqimsiz va adolatsiz, ba’zida esa juda g‘alati voqealar sodir bo‘lib turadigan ajoyib dunyo. Ot sporti bilan shug‘ullangan Frenk Xeys ana shunday tasdifiy qurbonlarning biriga aylandi, chunki u musobaqa jarayonida vafot etganiga qaramay, g‘alaba qozonib, “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirgan birinchi odam bo‘ldi.
1901 yilda Irlandiyada tug‘ilgan Frenk Xeysning oilasi 1916 yilda AQShga ko‘chib o‘tdi. OilaBruklinda yashab yurgan chog‘ida Xeys ot chorvadoriJeyms Fraylingning otxonasiga ishga kirdi. U yerda Frenk otlarga qarar, jokey (chavandoz)larni o‘rgatar va boshqa ishlar bilan shug‘ullanardi, lekin yigitning o‘zi ham yashirincha chavandoz-poygachi bo‘lishni orzu qilardi.
Nihoyat omad unga kulib boqdi va ish beruvchisiniko‘ndirganidan keyin yigit 1923 yilning 4 iyunida Nyu-Yorkdagi Belmont bog‘ida bo‘lib o‘tadigan poygada Svit Kiss ismli otga minishga ruxsat olib, poygada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Rasmiy poygada ilgari qatnashmagan bu ikkilik 5:1 koeffisiyenti bilan poygada g‘alaba qozonishini hech kim kutmagan edi.
Xeys boshqalardan oldinga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Marraga yaqinlashganda, tomoshabinlar uning otning orqasiga suyanib, bir qo‘li bilan jilovni tortib turganini ko‘rishdi. Ot marra chizig‘ini kesib o‘tmaguncha ko‘pchilik yigit o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, shunday harakat qilyapti, deb o‘ylardi. Ot esa yana 100 metrlarcha yugurib o‘tdi-yu, keyin to‘xtadi.
Oldinga egilib qolgan 22 yoshli chavandozsekingina otining yon tomonidan ag‘nab tushib, yuzi bilan yerga yiqildi.
- Tribunadagi qarsaklar bir zumda kulgiga aylanib ketdi, chunki jokey otdan noqulay yiqilib tushganga o‘xshardi, - deb yozgan edi o‘shanda "Buffalo Morning Express" gazetasi. – Keyin olomontezda fojia sodir bo‘lganini tushunib yetdi, chunki yorqin kiyimli jokeyning jussasi yiqilgan joyida qimirlamay yotardi.
Ippodrom shifokori, doktor Jon Vurxis yigit jarohatlangan deb o‘ylab, voqea joyiga shoshildi. U birinchi yordamni ko‘rsatdi, lekin juda kech edi. Frenk Xeys vafot etgan ekan. Aftidan, Xeys poygaga tayyorgarlik jarayonidagi zo‘r berib ishlashva musobaqa paytidagi hayajon tufayli yurak xurujidan vafot etgan.
Xeysning yuragi zaifroq bo‘lgan edi, bu haqda uning onasi Margaret guvohlik berdi. U o‘g‘lining jokey bo‘lishini xohlamagan edi, chunki u farzandining salomatlik holatini bilib, undan xavotirlanib yurgan.
Frenk o‘zining birinchi va oxirgi poygasida g‘alaba qozongan kostyumda dafn etildi. "The Times Union" gazetasi u haqida shunday deb yozgan:
U o‘zining deyarli fanatik ishtiyoqi va ot minishga bo‘lgan sadoqatining qurboni bo‘ldi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, Frenk bolaligidan otlarga qiziqqan va uning asosiy maqsadi jokey bo‘lish bo‘lib, onasi qarshi bo‘lishiga qaramay, bu kasbni tanlagan. Janob Frayling unga poygada qatnashishga ruxsat bergunga qadar u uch yil murabbiy bo‘lib ishladi.
Yigit o‘z orzusini ro‘yobga chiqardi, garchi u o‘zining yorqin g‘olibligi haqida bilmagan bo‘lsa-da, bu uning birinchi va so‘nggi yutug‘i edi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.