Ojiz kishi

Ko‘zi ojiz kishi bino zinapoyasida o‘tirar edi. Oyog‘i ostida bir necha tanga solingan shlyapa va taxtacha. Unda shunday yozuv bor edi: “Men ko‘rman, iltimos, menga yordam qilinglar!” Bir odam yonidan o‘tayotib to‘xtadi, shlyapaga bir juft tanga tashladi va taxtachaga egasining ruxsatisiz yangi yozuvlarni yozib qo‘ydi va ketdi.

Kunduzi u qaytib keldi. Qarasa, shlyapada tanga pullar to‘la. Ko‘zi ojiz kishi uni qadam tashlashidan tanidi va so‘radi:

- Taxtachani boshqatdan yozgan odam emasmisiz? Nima yozgan edingiz?

Kishi javob qildi:

-Rostdan boshqa hech narsa. Men yozuvni biroz o‘zgartirdim, xolos. – U kulib qo‘ydi va ketdi.

Taxtachadagi yozuv quyidagicha edi:

“Hozir bahor, lekin men uni ko‘rolmayman”.

“Hikmatlar javohiri” kitobidan.