Okeanda 118 kun: Er-xotin qanday qilib jon saqladi?
Ular hamisha dengizni yaxshi ko‘rishgan va hayotini o‘rganilmagan yerlar tadqiqotiga bag‘ishlab, okeanlarda suzib yurishni orzu qilgan edi. Kunlarning birida ularning orzusi ro‘yobga chiqdi, lekin oldinda boshidan qanday sarguzashtlarni kechirishlarini bilmagan edi.
Moris va Merilin Beyli juftligi yaxta sotib olish va unda yashash maqsadida Angliya janubidagi Sautgempton grafligida joylashgan o‘zlari yashab turgan uyini sotishga kelishib olishdi. Tayyorlash va qurish ishlari 4 yil davom etgan, uzunligi 9,4 metr bo‘lgan yaxtaga “Auralin” nomi berildi.
1972 yil yozining boshida ular o‘zlari orzu qilgan kema safariga jo‘nab ketishdi. Asosiy maqsad Yangi Zelandiyaga yetib borish va ehtimol u yerda joylashib olish edi.
Dastlab hammasi rejadagidek edi. Ular Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qit’asiga yetib bordi, Panama kanalini suzib o‘tib, Tinch okeaniga tushib qoldi. 1973 yilning mart oyida Galapagos orollari qirg‘oqlaridan biriga to‘xtash rejalashtirilgan edi, lekin bu rejalar amalga oshmadi. 1973 yil 4 mart tongida Galapagos orollaridan 500 kilometr uzoqlikda ulkan kit (kashalot bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin) dumi bilan yaxtaga urdi. Yaxtada teshik hosil bo‘lib, suv ostiga cho‘ka boshladi.
Er-xotin eng zarur narsalarni dam berib shishiriladigan qutqaruv solsimon kemachaga ko‘chira boshlashdi. Biroz suv, oziq-ovqat, kompas va kichik rezina qayig‘ini olib o‘tkazishga ulgurishdi. Kit hujumidan bir soat o‘tgach, yaxta suv ostida qoldi. Qutqaruv solida ular o‘zlari saqlab qolgan mulk bilan okeanda 4 oy davomida sayohat qilishga to‘g‘ri kelishini bilmas edi.
Qutqarib qolingan suv va yeguliklar yigirma kunga yetdi.
Avvaliga er-xotin kemalar qatnovi zonasida suzdi, biror bir kema ko‘ringanda kiyimlarga o‘t qo‘yib, qo‘l silkitib, baqirib ularni yordamga chaqirishga harakat qilishdi, lekin yettita o‘tib ketgan kemalarning hech biri ularni payqamadi. Ularda signal raketalari bor bo‘lib, lekin ular ham ishdan chiqqan edi.
Shamollar va oqimlar ularni sekin-asta kemalar qatnovi yo‘laklaridan uzoqlashtirib, Tinch okeanining eng chekka va yashash uchun qulay bo‘lmagan qismlariga olib bordi. Ular uch kun davomida bir-birini almashtirib Galapagos orollari tomon eshkak eshishga harakat qilishdi, keyinchalik burchak o‘lchash asbobi ko‘rsatkichlari ular bir joyning o‘zida aylanib yurganini ko‘rsatdi.
Shishiriladigan solsimon kema uzoq muddat suzib yurish uchun mo‘ljallanmaganligi sababli uch hafta o‘tgach, u yaroqsizlana boshladi. Ularkechayu-kunduz unda to‘plangan suvni chiqarib tashlash uchun navbatchilik qilishardi.
Bir oy o‘tib er-xotin najot umidini yo‘qotishdi. Badanlarida terining rezinaga doimiy ishqalanishidan yaralar paydo bo‘ldi. Ajablanarlisi, ba’zida tabiat ular oziq-ovqatsiz qolmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan Moris va Merilinga g‘amxo‘rlik qilayotib hayvonlarni yuborayotgandek tuyulardi.
Bir kuni ularni orollarga olib ketishiga ishonib kemaga toshbaqalarni bog‘lab qo‘yishga qaror qilishdi, lekin toshbaqalar solni turli tomonga sudray boshladi.
Ular to‘g‘nag‘ichdan qilingan ilgak bilan baliq ovlar, odamlarga nisbatan beparvo munosabatda bo‘lgan solga qo‘ngan qo‘shlarni oson o‘ljaga aylantirar edi. Shimolga qarab suzganilarida tez-tez yomg‘ir yog‘ib, ularga kerak bo‘lganidan ko‘proq suv berardi.
Shamollar ularni shimoli-g‘arbga olib ketishini hisobga olgan juftlik Panamaga olib boradigan oqimga tushib qolganiga amin edi. Elliginchi kuni aynan shunday bo‘ldi, lekin yana yigirma kundan so‘ng oqim yo‘nalishini o‘zgartirib, ular yana shimolga surila boshladi.
Vaziyat keskinlashdi. Solsimon kema puturdan ketib qoldi. Ustiga ustak Moris shamollab qolgandi va ular bilan qiziqqan akulalar bilan tez-tez uchrashib turishga to‘g‘ri kelardi.
Tez-tez sodir bo‘lgan bo‘ronlar ham avvalgidek oziq-ovqat topish imkoniyatidan mahrum qildi. Ushbu bo‘ronlar paytida baliq ovlash vositalarining bir qismi yo‘qoldi.
Suzishning 118-kuni ertalab baliq ovlashga muvaffaq bo‘lishdi va Moris uxlashga ketdi. Biroz vaqt o‘tgach, Merilin uni dvigatelning ovozini eshitganini aytib uyg‘otdi. Ular 45 kun davomida bitta ham kema ko‘rmagandi, shu sabab Moris xotinida eshitish gallyusinatsiyasi boshlagan deb o‘yladi.
Merilin adashmadi. Bu baliq ovlash kemasi edi! Ularning hayratiga kema orqaga burilib, ularga yaqinlashdi.
1973 yilning 30 iyunida Moris va Merilin Beyli Janubiy Koreyaning Tenerifedan Pusanga qaytayotgan baliqchilari tomonidan qutqarildi.
Moris va Merilinning har biri 18 kilogramm vazn yo‘qotdi va holdan toygan edi. Ikkalasi ham kamqonlikdan aziyat chekardi, ammo xom baliq, toshbaqa va qushlar ularni singa (milk kasalligi)cha chalinishiga yo‘l bermadi. Qiyin sharoitlarga qaramay ular bardosh berdi.
Shundan so‘ng agar ular quruqlikda o‘tirib qolgan deb o‘ylasangiz, adashasiz. Bir yil o‘tgach ular Auralin-II deb nomlagan yangi yaxtada dengizga qaytishdi. Moris va Merilin deyarli 30 yil davomida baxtli yashab, sayohat qilishdi.
1974 yilda o‘zining “Tiriq qolmoq” kitobida Merilin bu sayohat haqida shunday yozdi:
“Biz fe’l-atvorimizning yashirin chuqurliklarini o‘rgandik. Oramizda sir, yolg‘izlik va taqiqlar yo‘q edi. Qandaydir g‘alati tarzda odamlardan uzoqda yashabtotuvlik topdik. Biz sivilizatsiya deb ataladigan tuzoqlardan voz kechdik va oddiy totarixiy hayot tarziga qaytdik.”
O‘z navbatida Moris esladi:
“Merilin meni omon qolishimga ilhomlantirdi. Mendan farqli o‘laroq, u umidsizlikdan jirkanardi. Agar qutqaruvchi solda ikkita erkak bo‘lganimizda edi, ehtimol omon qolmagan bo‘lardik. Merilin esa mening yashash istagimni qo‘llab quvvatladi.”
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.