Okrug matbuot markazi tuzildi
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Okrug komissiyasi raisi X.Muhammadiyev boshqargan majlisda shu yilning 9 iyul kuni o‘tkaziladigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Samarqand viloyati hududida ko‘rilayotgan tayyorgarlik, bu jarayonda komissiyaning vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shundan kelib chiqib, komissiyaning ish rejasi, komissiya a’zolarining vazifalari taqsimoti, komissiya huzurida matbuot markazi tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Komissiyasi a’zolariga guvohnomalar topshirildi.
Yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 22 may kuni Toshkent shahrida okrug komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminar tafsilotlari haqida ma’lumot berildi. Joylarda uchastka komissiyalari uchun seminarlar tashkil etishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masalalar qayd etildi.
Tuman va shaharlar hokimlari taqdimnomasiga asosan okrug hududida saylov uchastkalarini tuzish, bunda saylovga oid qonunchilikda belgilangan normalar yuzasidan fikrlar bildirilib, komissiya a’zolariga zarur tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha komissiya qarorlari qabul qilindi.