Oksford vaksinasiga nega ishonch yo‘qoldi?
Ehtimol, koronavirusga qarshi sinovdan o‘tgan haqiqiy vaksina yaratish uchun kamida uch yil kerak, degan ekspertlar haqdirlar. Ammo uzoq vaqt sinovlar uchun vaqt yo‘q edi.
Angliyalik mikrobiologlar o‘tgan yilning aprel oyi oxirlarida Yevropada birinchi vaksinasini o‘zlarida inson organizmida sinab ko‘rishga kirishdilar. Bu vaksina Oksford laboratoriyalarida ishlab chiqarila boshladi.
Ammo “Shpigel” jurnali bugun Yevropa mamlakatlari birin-ketin Oksford vaksinasidan voz kechayotgani haqida bong urdi. Vaksina 2020 yil aprelda anglo-shved “AstraZeneca” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarila boshladi. “AstraZeneca”ning Yevropada kamida to‘rtta yirik zavodi bor. Biroq avval boshdanoq Belgiyadagi yirik korxonalardan biri kerakli miqdorda vaksina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmadi. Boshqalari esa umuman talabga javob beradigan vaksina ishlab chiqaruvchi quvvatiga ega emas edi. Oqibatda ular ishlab chiqargan vaksina 2021 yilda tomirlarda va miyada qonni ivib qolishiga sabab bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu yosh ayollarda tez-tez sodir bo‘la boshladi.
Germaniya o‘shanda faqat yoshi 60 dan katta odamlarda emlash o‘tkazishga qaror qildi. Ammo bungacha kompaniya aksincha o‘z vaksinasini 65 yoshdan kichiklarda emlashni tavsiya etgandi.
“Shpigel” vaksina kimlar uchun xavfsiz ekanligi haqida aniq to‘xtamga kelinmaganini yozadi. Yevropa tibbiyot agentligi o‘z vaksinasini kamdan-kam hollarda qonda o‘limga olib keladigan tromb hosil qilish mumkinligini tan olishga majbur bo‘ldi. Odamlar ommaviy ravishda undan voz kechmoqda. Norvegiya va Daniya undan boshqa foydalanmayapti. Buyuk Britaniyada vaksinani bolalarda sinab ko‘rish to‘xtatildi.
Juda ko‘p mamlakatlarda emlash dasturi xavf ostida qolmoqda. Yaqinda esa “Jonson&Jonson”ning vaksinasi ham 18 dan 48 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarda qonda tromb hosil qilishi ma’lum bo‘ldi. AQShda uning bilan emlash to‘xtatildi. Janubiy Afrika va Avstraliya ham shunday qildi. G‘arb faqat ikkita – “Pfayzer” va “Modernlar” kompaniyalari tomonidan ma’qullangan vaksina bilan qoldi. Ammo ular qo‘llanilganda ham nojo‘ya ta’sirlari qayd etilgan, deb yozadi “Mir novostey” (2021 y. 16-son) gazetasi nemis gazetasi “Shpigel” xabariga asoslanib.
T.Shomurodov tayyorladi.