Tilla taqinchoqlar sotib olish bo‘yicha dunyoda kim yetakchi?

Asrlar davomida tug‘ilgan kunlar, to‘ylar yoki boshqa bayramlarda tilla taqinchoq yoki zargarlik buyumlari sovg‘a qilish an’ana sifatida saqlanib kelinadi. Ko‘pchilik bunday taqinchoqlarni nafaqat chiroyli, balki kelajak avlodlarga o‘tadigan qadriyat ham bo‘la oladigan mukammal sovg‘a deb hisoblaydi.
Quyida dunyoda eng ko‘p tilla zargarlik buyumlari iste’mol qiladigan mamlakatlar keltirilgan.
Misr - 27,9 tonna
Miloddan avvalgi XIII asrdayoq Misrda oltin konlarining joylashuvi ko‘rsatilgan birinchi topografik xarita yaratilgan. Misrliklar oltinni shunchalik sevishganki, ular uni “xudolarning go‘shti” deb atashgan. Bugungi kunda ham misrliklar bu metallni xuddi shunday yaxshi ko‘rishadi.
Rossiya - 30,2 tonna
So‘nggi yillarda Rossiya Markaziy banki o‘zmilliy valyutasini qo‘llab-quvvatlashga intilayotganligi sababli, mamlakat markaziy bankining o‘zi eng yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi. Yakka tartibdagi xaridorlar ham oltinni juda yaxshi ko‘rishadi va masalan, 2016 yilda, ular 30,2 tonna zargarlik buyumlarini sotib olgan.
Indoneziya - 34,2 tonna
Indoneziyada joylashgan dunyodagi eng katta mashhur oltin zaxiralariga ega va eng yirik oltin qazib olish loyihalaridan biri “Grasberg”da taxminan 18 000 kishi ishlaydi. Mamlakatda aholi nafaqat oltin qazib olish, balki tilla taqinchoqlarni sotib olishni va bir-birlariga sovg‘a qilish ham odat tusiga kirib qolgan.
Saudiya Arabistoni - 38,1 tonna
Saudiya Arabistonida uzoq vaqtdan beri oltin quymalariga sarmoya kiritish taqiqlagan edi. Biroq 2016 yil dekabr oyida metalga sarmoya kiritishga ruxsat berilgani e’lon qilindi.
Turkiya - 39,7 tonna
2017 yilda iyul oyida Turkiya Borsa Istanbul qimmatbaho metallar bozorlari tashkil etilganidan buyon (1995 y.) bir oy ichida rekord miqdorda oltin import qildi. Mamlakat ushbu oyda 62,8 tonna oltin sotib oldi, bu esa dunyoning ayrim mamlakatlari markaziy banklari oltin zaxiralari miqdoridan oshib ketdi.
Eron - 39,7 tonna
2016 yilda Eron oltin taqinchoqlarning dunyodagi beshinchi yirik xaridoriga aylandi. Shundan beri bu mamlakat xaridlar hajmini kamaytirgani yo‘q. Butunjahon Oltin Kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda oltin taqinchoqlar xaridi 2017 yilning birinchi uch oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshgan.
BAA - 46,2 tonna
Butun dunyoda “tilla” poytaxti sifatida tanilgan Dubayga odamlar oltin taqinchoqlarni sotib olish uchun keladi. Bu yerda har qanday didga mos zargarlik buyumlarini topishingiz mumkin bo‘lgan 300 dan ortiq do‘konlar ishlaydi.
AQSh - 138,2 tonna
1848-1855 yillardagi Kaliforniya oltin vasvasasi mamlakatni nafaqat mashhur “tilla” davlatga aylantirdi, balki jahon oltin qazib olishdagi burilish nuqtasi bo‘ldi. Bugungi kunda bu mamlakatda zargarlik buyumlariga bo‘lgan ishtiyoq yuqori darajada qolmoqda, chunki amerikaliklar tilla taqinchoqlarni taqishni yaxshi ko‘rishadi.
Hindiston - 463,1 tonna
Hindistonliklarning oltinga bo‘lgan hurmati uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda hind xonadonlarida 24 000 tonna oltin borligi taxmin qilinadi. Hindistonda hatto “tillasiz to‘y - to‘y emas”, degan gap bor.
Xitoy - 612,5 tonna
2016 yilda Xitoy boshqa ikki mamlakat - Hindiston va AQShni birlashtirib hisoblagandan ko‘ra ko‘proq zargarlik buyumlarini sotib oldi. Bu mamlakatda hashamatli sovg‘alarga pul sarflaydigan badavlat odamlar soni ortib borishining dalolatidir. “McKinsey & Company” tahlilchilarining fikriga ko‘ra, 2027 yilga borib Xitoyning jahon hashamatli tovarlar bozoridagi ulushi 44 foizini tashkil qiladi, uning bir qismi esa oltin hisoblanadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.