O‘lchami muhim emas: dunyodagi eng kichkina kvartiralar

Londondagi 313 ming dollar turadigan besh kvadrat metrli kvartira, Manxettendagi oyiga 700 dollarga ijaraga beriladigan sakkiz metrli hashamat va qo‘lbola tuxumsimon uy.Bugun dunyodagi eng tor turar joylar bo‘ylab sayohat qilamiz.

London, Angliya

Angliya poytaxtida 50 ming funt-sterling baho qo‘yilgan 7 kvadrat metrlik kvartira sotuvga qo‘yildi. To‘g‘risi, kvartirada nafaqat oshxona, balki yurish uchun joy ham yo‘q. Asosiy xona -krovat, shkaf va mikroto‘lqinli pech, kombinatsiyalashtirilgan ovqatlanish, yashash va uxlash joyi. Jajji vannaxona,  hojatxona va undan bir necha santimetr masofada joylashgan dush bilan jihozlangan.

Gonkong, Xitoy

Gonkongda oyiga 384  dollar ijara puli evaziga 1,49 kvadrat metr maydonli yashash uchun yaroqli xona bor, bu xona qamoqxona kamerasidan ham kichikroq, biroq unda simsiz internet, konditsioner va deraza kabi qulayliklar mavjud. Ushbu kvartiralar joylashgan binolardan o‘tadigan koridorlar ham juda tor va ko‘p sonli xonalarda faqat bir kishilik krovatlar sig‘adi.

London, Angliya

Uy 1987 yilda qurilgan va bu 5 kvadrat myetrlikvartiradan dastlab supurgi saqlanadigan omborxona sifatida foydalanilgan. Endi u 313 ming dollarga sotilmoqda. Qizig‘i, bu kvartirada ko‘plab qulayliklar mavjud: kichkina oshxona, agar xohlasangiz, shkafga aylantirilishi mumkin bo‘lgan dush (bu ishlanmani o‘ylab topgan kishigamukofot berilgan deb umid qilamiz) va krovatga aylanadigan divan. Xonadonning sobiq egasi Rey Barker Men bir vaqtning o‘zida yuzimni yuvishim, eshikni ochishim, choy damlashim va hojatxonaga kirishim mumkin edi”, deb aytgan.

Nyu-York, AQSh

Manxettendagi 7 kvadrat metrli xonadon Nyu-Yorkning elita hududida oyiga atigi 800 dollarga yashashni istaganlar uchun yaxshi topilma. Binoda oshxona yoki vodoprovod yo‘q. Bu va uchta shunga o‘xshash qo‘shni xonadon yashovchilari bitta hammomxonadan foydalanishadi. Kvartirada konditsioner, muzlatgich va mikroto‘lqinli pech, idish-tovoq va hatto printerga mos keladigan shkaflar mavjud.

Hoshimin, Vetnam

Vyetnamdagi 10 kvadrat metrgacha bo‘lgan kichik kvartiralar Hoshimin shahridagi xiyobonlar, oziq-ovqat do‘konlari va ko‘p qavatli uylar orasida joylashgan. Bu maskanlar ko‘pincha “ko‘zga ko‘rinmasligi” tufayli sayyohlar tomonidan e’tibordan chetda qoladi.

Masalan, Ha Tu Ngo 22 kvadrat metr maydonda yashaydi. Bir necha yil oldin mahalliy aholi pulni tejash uchun pochta markasi o‘lchamidagi binolarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan edi.

Pekin, Xitoy

Ijara haqini to‘lashga qurbi yetmagan 24 yoshli DayXayfey Pekindagi piyodalar yo‘lagida bambuk shoxchalari, sim chiviqlari va suv o‘tkazmaydigan materiallardan foydalangan holda tuxum shaklidagi uyni loyihalashtirib, o‘ziga “uya”qurdi, deb xabar beradi Reuters. Yosh arxitektor 2010 yilda, Pekindagi ofisi yonidagi tuxum shaklidagi uyda bir necha oy yashaganida tanildi. Day 2 myetr balandlikdagi kapsulani qurish uchun 964 AQSh dollari sarfladi. Darvoqe, ishdan uzoqda yashaydiganlar uchun ajoyib g‘oya.

Parij, Fransiya

Parijda 8 kvadrat metrli sobiq xizmatchi oqsochlar xonasi Kitoko Studios arxitektura firmasi yordamida to‘laqonli kvartiraga aylantirildi. Asosiy xususiyat - shkaflar soni.Aynan ularning ichida kichkina hammom, shuningdek, derazasi bor oshxona joylashtirilgan. Ijarachi tomga osongina chiqib olishi mumkin, chunki kvartira to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ostida joylashgan.

Polsha

Polshadagi o‘n uch metrli kvartira kichkina marvariddir, uning ijarachisi nafaqat qulay, balki maftunkor xonadonga ega bo‘lishdan juda baxtiyor. Ijarachi Shimon Xanchar kvartiraloyihasini o‘zi ishlab chiqdi, unda qo‘shimcha joydan tashqari krovat, kichik rakovinali va hatto kir yuvish mashinas, shuningdek, vannaxona, oshxona va inson yashashi uchun deyarli hamma narsabor.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.