Olg‘ir "do‘st" jazoga tortildi

Ana shunday kunlarning birida Shuhrat akasining sinfdoshi Farhodni uchratdi. Suhbat orasida akasi bilan bog‘liq holatni so‘zlab berdi. Farhod esa sudda tanishlari borligini, xohlasa, yordam berishini, sinfdoshini sud zalidan ozod qilinishigacha kuchi yetishini aytib, Shuhratning ishonchiga kirdi. Ammo bu xizmat ma’lum miqdordagi pul evaziga amalga oshishini aytdi.
Muammoga yechim topilganidan xursand bo‘lgan Bahodirning yaqinlari shu kunning o‘zida 1000, oradan bir hafta o‘tgach, 1100 AQSh dollarini Farhodga tut-qazdi. Oradan o‘n-o‘n besh kunlardan keyin Farhod pullarni suddagi tanishi bo‘lmish mansabdor shaxsga berganligi, ammo ish bitishi bir oz qiyinroq kechayotganligi, pul miqdori kamligini bildirib, yana 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi.
Bu orada Bahodirga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi. Pullarni o‘z manfaati yo‘lida ishlatib yuborgan Farhod esa bu holatdan ham ustamonlik bilan foydalanib qolishga harakat qildi. U ishni olib borgan tergovchiga ayblovni yengillashtirish uchun o‘z hisobidan 100 AQSh dollari berganligini aytib, sinfdoshidan shu pulni talab qildi.
Bahodirda uning harakatlari shubha uyg‘otdi va bu haqda huquq-tartibot organlariga xabar berdi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida Farhod sinfdoshidan 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlandi.
Nafsi yo‘lida do‘sti tashvishidan manfaat topishni niyat qilgan Farhodga nisbatan qonuniy jazo tayinlandi.

O‘tkir MAMATQULOV,
viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i.