Olimlar oxirgi quyosh tutilishi qachon sodir bo‘lishini aytdi

Ayni vaqtda yurtimizda quyosh tutilyapti. Quyosh yarim oy shakliga kirganini oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin.

Oxirgi quyosh tutilishi taxminan 600 million yildan keyin yuz beradi, chunki bu vaqtga kelib Oy Yerdan shunday katta masofaga uzoqlashadiki, u o‘z gardishi bilan Quyoshni yopa olmaydi, deb xabar bermoqda Space.com.

“To‘liq quyosh tutilishi uchta hamkor – Oy, Quyosh va Yer “raqsi” hisoblanadi. U Oy va Quyosh juda aniq ustma-ust tushgandagina yuz berishi mumkin. Vaqt o‘tib, to‘liq quyosh tutilishlar miqdori va davomiyligi kamayib boradi va taxminan 600 million yildan keyin Yer oxirgi marta bunday hodisaning guvohi bo‘ladi”, deb aytmoqda NASA koinot parvozlari markazidan Richard Vondrak.

Quyosh tutilishi Oy o‘z harakatida Quyosh gardishidan o‘tayotganda yuz beradi. Biroq hamma yangi oyda ham quyosh tutilishi yuz bermaydi. Yangi oyda Oy orbitasining Yer orbitasiga qiyaligi sababli Oy odatda biroz “nishondan adashib”, Quyoshdan teparoqdan yoki pastroqdan o‘tadi. Biroq yilda kamida ikki marta (besh martadan ko‘p bo‘lmagan holda) Oy soyasi Yerga tushadi va quyosh tutilishi yuz beradi.

To‘liq quyosh tutilishi esa yanada kamroq yuz beradi. Bunda Oy gardishi Quyoshni Yerdan to‘liq yopadi va Oy soyasi o‘tadigan sayyoramizning sirtidagi tor polosani vaqtinchalik qorong‘ilikka cho‘mdiradi. Qoidaga ko‘ra, bunday quyosh tutilishlar taxminan 18 oyda bir marta yuz beradi va Yerdagi har bir nuqta 50 yil ichida bir marta shunday tutilish guvohi bo‘ladi. 

Vondrakning aytishicha, to‘liq quyosh tutilishlar vaqtinchalik hodisa hisoblanadi, bunda Oy joyida turmaydi, u Yerdan ko‘tarilish kuchlari ta’sirida sekin-asta uzoqlashadi. Oy har yil sayyoramizdan yiliga 2,2 santimetrga uzoqlashmoqda. Bu quyosh sekin-asta kattalashayotgani bilan birgalikda yakuniy natijada Oy quyosh tutilishi vaqtida Quyoshni jismonan yopa olmaydi.

Quyoshning keyingi to‘liq tutilishi joriy yilning 21 avgustida yuz beradi. Bunda Oy soyasi AQSh markaziy qismining ko‘plab hududlari aholisi uchun Quyoshni yopadi.