Bugun quyosh tutiladi. Bunday paytda nima qilish lozim?
O‘sha kuni quyosh tutildi. Odamlar "Bu hodisa Ibrohimning vafoti sababidan yuzaga keldi", deb o‘ylashdi. Aslida bu o‘y to‘g‘ri emas edi.
Oldinroq Rasuli akramning (s.a.v.) uch nafar qizlari ketma-ket tuproqqa berilgan. Ular uchun tutilmagan quyoshning Ibrohim uchun tutilishi tushunilmasdi.
Bunaqa tushunchalar ashobi kiromning ust qatlamidagilarga aloqasi yo‘qligi ham haqiqatdir. Payg‘ambarimiz bu mish-mishlarni eshitgan zahotlari xalqni to‘planishga buyurdilar. G‘amlarini bir chetga otdilar.
Ey insonlar! Quyosh bilan oy Allohning qudratiga dalolat etadigan ikki alomatdir. Hech bir kimsaning tug‘ilishi yoxud o‘lishi sababidan tutilmaydi ular. Uning tutilganini ko‘rganlaringda duo va niyoz ila, namoz ila Alloh taologa iltijo qilinglar! - dedilar.
So‘ngra odamlarni saflanishga buyurdilar. Namoz o‘qiy boshladilar. Rosa uzundan-uzoq o‘qidilar. Ruk’uni ham juda uzoq qildilar. Ruk’udan «Sami’allohu liman hamidah» deb turdilar. Yana uzoq Qur’on o‘qidilar. Yana ruk’uga bordilar. Ammo bu ikkinchi qiroat bilan ruk’u birinchisiday uzun bo‘lmadi. Sajda qildilar. Oyoqqa turdilar. Xuddi shu tarzda yana bir rak’at o‘qidilar. Jami to‘rt rak’atni shu shaklda o‘qib, namozni tugatdilar.
Bu orada quyosh ochilib ketdi. Quyosh bilan oy hech kimning hayoti yo o‘limiga bog‘liq holda tutilmasligini yana bir karra takrorladilar.
***
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 15:23 dan boshlab quyosh tutiladi.