Olimpiada chempionlarimiz Osiyo birinchiligida qatnashadi

3-13 may kunlari Janubiy Koreyaning Jinju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, ushbu chempionat "Parij-2024" Olimpiadasi uchun saralash musobaqalaridan biri hisoblanadi. Jamoamiz mazkur qit’a birinchiligida Olimpiada chempionlari Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova kabi yetakchilar bilan ishtirok etadi.

To‘liq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-55 kg: Og‘abek Nafasov
-67 kg: Diyor Ro‘zmetov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-73 kg: Doston Yoqubov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-102 kg: Ruslan Nuriddinov
-109 kg: Qurbonmurod Namozov
+109 kg: Akbar Jo‘rayev
+109 kg: Rustam Jangabayev

Ayollar:
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-55 kg: Jamila Panfilova
-81 kg: Rigina Adashboyeva
+87 kg: Tursunoy Jabborova