Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning hududlarda bo‘linmalari tashkil etiladi
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar a’zolariga beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 million so‘mdan BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) oshiriladi.
2025 yil 1 yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini 2 baravarga kamaytirilgan holda undiriladi.
- Har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etadi;
- Har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazib boriladi;
- Har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti ta’sis etiladi;
- “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yo‘nalishida nominatsiya tashkil etiladi.