Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda 203 tuman va shahar orasida nechanchi o‘rindamiz?

Davlat test markazi tomonidan hududlarda ta’limning ahvoli to‘g‘risida muayyan xulosa chiqarish imkonini beruvchi ma’lumot taqdim etildi.

Unda yoshlarning tumanlar kesimida oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari aks etgan jadval e’lon qilindi. Respublikamizning 203 ta tumani va shaharlari orasida Samarqand viloyatining Paxtachi 47-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Urgut oxirgi o‘ntalikda – 195-o‘rindan joy oldi.

 

O‘rni

Tuman, shahar nomi

Abituriyentlar soni

Talabalikka tavsiya etilganlar soni

Foiz

47

Paxtachi tumani

4262

548

12.86

51

Samarqand shahri

9397

1159

12.33

77

Narpay tumani

6386

689

10.79

101

Kattaqo‘rg‘on shahri

2095

198

9.45

102

Nurobod tumani

4649

435

9.36

125

Qo‘shrabot tumani

6634

575

8.67

127

Kattaqo‘rg‘on tumani

6516

558

8.56

129

Ishtixon tumani

8872

752

8.48

135

Past Darg‘om tumani

10516

868

8.25

137

Payariq tumani

9096

747

8.21

138

Bulung‘ur tumani

7447

604

8.11

140

Oqdaryo tumani

5062

409

8.08

164

Jomboy tumani

5042

361

7.16

169

Toyloq tumani

5441

369

6.78

188

Samarqand tumani

4260

257

6.03

195

Urgut tumani

10245

570

5.56