Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan
- 09.07.2020 21:25
- 39
- Ta’lim
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibiga aniqlik kiritildi.
Davlat test markazi direktori Majit Karimov:
- Hozirgi vaqtda turli axborot manbalarida bu yil kirish imtihonlari onlayn shaklda o‘tkazilishi va onlayn ro‘yxatdan o‘tish 10 kunga qisqartirilishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Rasman qayd etish kerakki, onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati belgilanganidek 20 iyulgacha davom etadi.
Shuningdek, test sinovlarini har doimgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Demak, rasman ma’lum qilish mumkinki, davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan.