Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Kongratboy Avezimbetovich Sharipov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

K.Sharipov 1963 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi muhandis – mexanik, texnika fanlari doktori, professor.

2009- 2009 yillar «Jeneral Motors O‘zbekiston» yopiq aksiyadorlik jamiyati yangi loyihalarni boshqarish bo‘limi bosh menejeri, 2009 – 2010 yillar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, 2010- 2017 yillar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, 2017 yildan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida ishlagan.